Qorako’l tuman Axborot-kutubxona markazi Qozon MFY bilan hamkorlikda tashkil etilgan mahalla kutubxonasida 2026-yil 13-may kuni 15-may “Butunjahon oila” kuniga bag’ishlab “Oila-baxt va mehr manbai” nomli davra suhbati bo’lib o’tdi. Tadbirni AKM xodimi S. Hasanova ochib berdi. Mahalladagi kitobxon oilalar soni ko’payib borayotganini ta’kidladi. Tadbir davomida faol kitobxonlar ushbu mahalla kutubxonasi yoshu-qari uchun birdek ma’naviyat maskaniga aylanganini farzandlarimiz bo’sh vaqtlarini kitob o’qishga sarflayotgani quvonarli hol ekanini aytdilar. “Oila baxt va mehr manbai” nomli kitob ko’rgazmasi chiqarildi.





