Qorako‘l tuman axborot- kutubxona markazidan foydalanish
QOIDALARl
- Qorako‘l tuman ( shahar) axborot kutubxona markazlari (keyingi matnda- markaz) demokratik insonparvarlik, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi, fuqarolilik, shaxsning erkin kamol topish tamoyillari asosida faoliyat yuritadi.
- Markaz foydalanuvchilarga asosiy axborot -kutubxona xizmatlarini bepul, ayrim qo‘shimcha axborot-kutubxona xizmatlarini tasdiqlangan “Pullik xizmat ko‘rsatish preyskuranti” ga asosan amalga oshiradi.
- Kutubxona garderobida katta hajmdagi buyumlar, yong‘in holatiga sabab bo‘luvchi buyumlar, qimmatbaho buyum va pullar vaqtinchalik saqlash uchun ham qoldirilmaydi. Kutubxona ma’muriyati garderobda qoldirilgan buyum va pullar uchun javobgar hisoblamnaydi.
II. Axborot-kutubxona markazining asosiy vazifalari
- Tarixiy va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari kitoblar va boshqa materiallarning saqlanishini ta’minlash haqidagi qoidalarga muvoftq axborot – kutubxona fondalaridagi hujjatlar va meterilallarni hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishga imkoniyat yaratish.
- Universal axborot – resurslari, milliy va xorijiy bosma audiovizual elektron nashrlar fondini shakllantirish, saqlash va ochib berish.
- Foydalanuvchilar so‘roviga asosan boshqa axborot-kutubxona muassasalari, shu jumladan xorijiy kutubxonalarda mavjud axborot-kutubxona hujjatlar va boshqa hujjatlarni olish imkoniyatini yaratish.
- Axborot mahsulotlarini yaratish va ularni hududlardagi boshqa axborot – kutubxona muassasalariga foydalanish uchun taqdim etib borish.
III. Foydalanuvchilarning markazdan foydalanish huquqi
- Markaz foydalanuvchisi – axborot-kutubxona xizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy va yuridik shaxs.
- AKM ga a’zo bo‘lish uchun foydalanuvchilar shaxsini tasdiqlovchi hujjat-pasporti, voyaga yetmagan foydalanuvchilar esa tug‘ilganlik haqida guvohnoma va ota – onalar yoki vasiylarnig pasportlarini taqdim etishi zarur. Kutubxonadan foydalanishda markaz joylashgan hududda doimiy ro‘yxatdan o‘tganligi yoki boshqa hududda istiqomat qilishi kutubxonadan foydalanishiga mone’lik qilmaydi. AKM ga a’zo bo’lish markaz tomonidan tasdiqlangan “Pullik xizmat ko‘rsatish preyskuranti” ga asosan amalga oshiriladi.
- Chet el fuqarolarining vaqtinchalik kutubxonadan foydalanishi huquqi shaxsini tasdiqlovchi hujjat (passport yoki uning o‘rnini bosa oladigan hujjat) asosida beriladi.
- Foydalanuvchilar kutubxona xizmatlaridan foydalanishda va kutubxonalarni tanlashda erkin tanlash huquqiga egadirlar.
- Kutubxona foydalanuvchisinig huquqlari:
- Foydalanuvchi har qanday kutubxonadan axborot-kutubxona fondida mavjud hujjatlardan bepul foydalanish;
- Bibliografik, ma’lumotnoma – axborot xizmatidan hamda markaz tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning boshqa turlaridan foydalanish;
- Foydalanuvchi axborot – kutubxona fondini yorituvchi kataloglar va boshqa axborot berish shakllari orqali ma’lumot olish;
- Foydalanuvchilar o‘zlariga kerakli axborotni izlashda axborot kutubxona mutaxassisidan bepul maslahatlar olish;
- Axborot-kutubxona fondidagi har qanday hujjatdan vaqtinchalik foydalanish;
- Kutubxonalararo abonement orqali hujjatlarga buyurtma berish, foydalanish hamda ulaming ma’lum qismidan belgilangan qonun doirasida nusxa olish;
- Markazning yuqori turuvchi tashkiloti tomonidan tasdiqlangan pullik xizmatlar preyskurantida belgilangan xizmatlardan foydalanish;
- 0‘qish zallarida bir vaqtning o‘zida 8-10 tagacha kerakli adabiyotlarga buyurtma berish ( kun davomida adabiyot/hujjatlatdan foydalanish soni cheklanmagan);
- Foydalanuvchining talabi va ixtiyoriga ko‘ra kutubxona hududidan axborot – kutubxona hujjatlarini foydalanish uchun vaqtinchalik olib chiqish ( adabiyot/hujjatlarni berish soni 4-5 tagacha adabiyot/ hujjatlarni qaytarish muddati olib ketilgan sanadan boshlab 15 kun);
- Foydalanuvchilar tomonidan uyga berilgan adabiyot/hujjatlarga so‘rov talabi kam bo‘lgan taqdirda, kutubxona binosidan tashqariga foydalanish uchun 5-7 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga uzaytirish;
- 0‘quv zallaridagi mavjud kompyuter uskunalaridan foydalanish;
- Foydalanuvchi markaz faoliyatini rivojlanishiga doir asosli taklif va mulohazalar berish;
- Foydalanuvchilarning markaz mutaxassislari tomonidan huquqlari poymol etilgan taqdirda, huquqni muhofaza qilish idoralariga murojaat;
- Markazdan imkoniyati cheklangan foydalanuvchilaming foydalanish huquqlari:
- Markaz fondidagi mavjud barcha tillardagi adabiyot /hujjatlardan foydalanish yoki kutubxonalararo abonement orqali buyurtma berish:
- Markaz binosiga kelib foydalanish imkoniyati bo‘lmasa istiqomat qilayotgan hududiga yaqin joyda joylashgan axborot – kutubxona markazi xizmatlaridan uydan chiqmagan holda foydalanish hamda markaz mutaxassislari tomonidan ko‘chma kutubxona xizmati orqali foydalanuvchi so‘roviga ko‘ra xizmat ko‘rsatish;
- O‘zbekiston Qahramoni, I va II darajali “Shon sharaf’ ordeni sohiblari JTT va III darajadagi nogironlar, urush qatnashchilari, harbiy harakatlar oqibatida nogiron bo‘lgan shaxslarga navbatsiz kutubxona xizmatlarini ko‘rsatish;
- Foydalanuvchilarning nodir, noyob va alohida qimmatga ega nashrlardan zaruratiga ko‘ra maqsadli yo‘nalishlarda foydalanish (markaz rahbariga yozma ravishda bildirishnoma orqali);
- Markaz tomonidan o‘tkaziladigan axborot – ommaviy tadbirlarda qatnashish.
- Markazdan imkoniyati cheklangan foydalanuvchilaming foydalanish huquqlari:
IV. Foydalanuvchilarning majburiyatlari
- Foydalanuvchilar ushbu markazdan foydalanish qoidalariga rioya qilishlari shart.Foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tish vaqtida Markazdan foydalanish qoidalari bilan tanishishi zarur.Foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarida o‘zgarishlar (yashash joyi, familiyasi) ro‘y bergan taqdirda markaz mutaxassisiga axborot berishi kerak.
- Markaz foydalanuvchisining majburiyatlari:
- Markaz mutaxassislariga nisbatan xushmuomala va do‘stona munosabatda bo‘lishi lozim.
- Foydalanuvchi so‘roviga asosan qabul qilib olgan adabiyot/ hujjatni ko‘zdan kechirish va biror – bir nuqson aniqlangan taqdirda markaz mutaxassisiga bu haqda ma’lum qilishi kerak. Aks holda ushbu adabiyot/ hujjatga yetkazilgan zararga javobgar hisoblanadi.
- Markaz fondidan olingan adabiyot/hujjat, turli axborot tashuvchilar orqali foydalanish uchun olingan qurilmalar, disklar va hokazolardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak.
- Foydalanuvchi markaz fondidan olgan adabiyot/hujjatlarni belgilangan muddatlarda qaytarishi yoki uzaytirishi mumkin. Foydalanish vaqtini uzaytirish bo‘yicha markaz mutaxassisini ogohlantirishi shart.
- O‘qish zallaridan chiqish vaqtida foydalanish uchun olingan adabiyot/ hujjatlar markaz mutaxassisiga topshiriladi yoki ochiq fondlardan olingan bo‘lsa joyiga qayta joylab qo‘yishi mumkin.
- O‘qish zallarida foydalanish uchun olingan adabiyot/hujjatlarni olib chiqish va boshqa zallarga o‘tib foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi hamda kitobni yirtish, biror belgi/chiziq qo‘yish, sahifalarni buklash taqiqlanadi.
- Ochiq fondlardagi kitoblarning joylashish tartibini buzish, katalog va kartoteka kartochkalariga ziyon yetkazish hamda ularni olib tashlash mumkin emas.
- Markaz hududida shovqin ko‘tarmaslik, jimlikni saqlash tozalik qoidalariga rioya etish talab etiladi.
- Markaz fondidan olingan hujjatlar yoki materiallarni yo‘qotgan va ular o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan darajada zarar yetkazgan fuqarolar, korxona, muassasa va tashkilotlar markaz direktori tomonidan belgilangan hujjat va materiallar yoki ularning nusxasi bilan almashtirish mumkin bo‘lmagan holda ular qiymatining o‘n barobar miqdorida qoplashga majbur. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 18 – yanvardagi “Notariuslarning ijro xatlariga asosan qarzni undirish so‘zsiz amalga oshiriladigan hujjatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risi”dagi 26-son qarorining VIII – bandi: kutubxonalarning talabnomalari bo‘yicha qaytarilmagan kitoblar, boshqa bosma asarlar va kutubxonalar zahirasidan olingan o‘zga materiallar uchun qarzni undirish). Bu miqdor yo‘qotilgan yoki yaroqsiz holatga keltirilgan hujjatning qiymatidan kelib chiqib va amaldagi qonuniy hujjatlarga asoslanib markaz mutaxassislari yoki jalb etilgan mutaxassisilar tomonidan belgilanadi.
- Markaz hududida foydalanuvchilar shaxsiy mobil .qurilmalarini tovushsiz holatga o‘kazib kirishlari talab etiladi.
- Texnika tartib qoidalariga amal qilishi shart.
- Markaz hududiga iste’mol suvlari gazli ichimliklar bilan kirish ta‘qiqlanadi. Zarurat tug‘ilganda, markaz posbonlari tomonidan ichimlikni maxsus tekshiruvdan o‘kazilganidan so‘ng ruxsat beriladi.
- Shaxsiy buyumlarni markaz xodimining nazorati yo‘q hududida ochiqdan – ochiq tashlab ketmaslik va maxsus buyumlar saqlash uchun mo‘jallangan joyda qoldirish zarur.
- Markaz hududiga mast holatda kelish va markaz binosida chekish qat’iyan man etiladi.
V. O‘qish zallaridan foydalanish tartibi
- Xizmat ko‘satish zallariga foydalanuvchilarning ustki kiyim, shaxsiy sumka bilan kirishi ta’qiqlanadi. Ustki kiyim va shaxsiy buyumlarni markaz hududida saqlash uchun ajratilgan maxsus joy (garderob) da talab etiladi.O’qish zallarida adabiyot/hujjatlarning berilishi markazga a’zo boTgan foydalanuvchilarga beriladi va kitobxon formulyariga adabiyot/hujjatni qabul qilib olgan sanasi va shaxsiy imzosi bilan qayd etiladi. Bir martalik foydalanish uchun tashrif buyurgan foydalanuvchilarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat orqali adabiyot/hujjatlar beriladi.
- Markaz fondida majvud boTgan kitob, jurnal, gazeta, biror-bir hujjatdan kesib olingan parcha va boshqa bosma nashrlar foydalanuvchilar tomonidan olib kirilmaydi. Markaz fondida
mavjud bo’lmagan foydalanuvchilarning shaxsiy kitoblariga markaz mutaxassisi tomonidan qog’oz/blanka yopishtirilganidan so’ng kiritilishi mumkin. Qog’oz/blankaga adabiyot/hujjatlarni olib kirish sanasi yoziladi va muhr bosiladi. - Oqish zallaridan foydalanish qoidalari buzilgan taqdirda foydalanuvchilar ma’muriyat tomonidan belgilangan muddatga Markazdan foydalanish huquqidan mahrum etilishi mumkin.
- Foydalanuvchilar tomonidan adabiyot/hujjatlar ma’lum muddat / vaqtga ushlab turishi (bron) mumkin.
- Markazning kunlik ish vaqti tugashiga 15 daqiqa qolganda o’quv zallarida foydalanish uchun berilgan markaz fondidagi adabiyot/hujjatlar mutaxassislarga topshiriladi.
VI. Markaz hududida kompyuterdan foydalanish qoidalari
- Foydalanuvchilarga komyuter jihozlaridan kompyuterlashgan maxsus joylarda foydalanishga ruxsat etiladi.O’qish zallariga foydalanuvchilar tomonidan shaxsiy kompyuter qurilmalari va quloqchinlarni olib kirishga ruxsat etiladi.Foydalanuvchining shaxsiy axborot tashish qurihnasi markaz mutaxassisi tomonidan maxsus tekshiruv (virus aniqlovchi dastur) dan o’tkazilganidan so’ng elektron axborotdan nusxa ko’chirishga ruxsat etiladi.Foydalanuvchi kirishi ta’qiqlangan axborot manbalari ro’yxati ekstremistik, pornografik va boshq) bilan tanishganligini shaxsiy imzosi bilan tasdiqlashi shart. Agarda ushbu manbalardan foydalanishga urinsa, bu holatda 3 oydan 6 oygacha muddatga markaz hududidagi kompyueterdan foydalanish huquqi cheklab qo’yiladi.
- Foydalanuvchilarga kompyuter va kataloglardan foydalanish vaqtida quyidagilar man etiladi:
- Kompyuter qurilmalariga istalgan dasturlarni o’rnatish;
- Kompyuter o’yinlarini o’ynash;
- Online aloqa chatlaridan foydalanish;
- Kompyuterlar va boshqa texnik vositalardan kutubxonada xizmat ko’rsatish jarayoniga aloqador bo’lmagan maqsadlarda foydalanish;
- Kompyuterlarda nosozlik kuzatilgan taqdirda o’zboshimchalik bilan tuzatish;
VII. Markazning huquq va majburiyatlari.
Markazning rna j bu riyatala ri:
- Foydalanuvchilarni markazdagi va undan tashqaridagi barcha axborot resurslardan foydalanish uchun imkoniyat yaratish;
- Foydalanuvchilarning ehtiyojlarini o’rganish va to’liq qondirishga erishish;
- Kutubxonachilik, bibliografik, ma’lumotnoma-axborot xizmati ko’rsatishni takomillashtirish, ushbu maqsadlarda foydalanuvchilar bilan yakka tartibda va guruhlar bo’yicha ish olib borishning turli shakllaridan foydalanish;
- Foydalanuvchilarga yuksak madaniy va malakaviy xizmat ko’rsatishni ta’minlash, zarur hujjat/materiallarni qidirib topish va olishda zarur yordam kohsatish;
- Foydalanuvchilaming qiziqishlari va axborotga bo’lgan ehtiyojlarini o’rganish asosida turli manbalardagi axborot resurslarini bergan holda tabaqalashtirilgan kutubxona – axborot xizmati ko’rsatishni amalga oshirish;
- Markaning axborot- kutubxona fondini katalog, kartotekalar hamda zamonaviy qidiruv tizimlari orqali ochib berish;
- Foydalanuvchilarning ehtiyojlarini o’rganish va to’liq qondirishga erishish;
- Qidiruv dasturlarini uzluksiz ishlab turishini ta’minlash;
- Foydalanuvchilarga qidiruv dasturlaridan foydalanish yuzasidan ko’rsatma berish.
- Foydalanuvchi tomonidan so’ralgan adabiyot/hujjat markazning axborot kutubxona fondida mavjud bo’lmasa, kutubxonalararo abonement orqali so’rovni amalga oshirish.
- Ommaviy tadbirlarni zamon talablariga mos ravishda tashkil etish va o’tkazish.
- Markazning xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilash, markaz fondlari va ko’rsatiladigan xizmatlarni reklama qilish, foydalanuvchilarning ehtiyojlarini o’rganish va iilarning asosli istaklariga muvofiq yangi xizmatlar tashkil etish.
- Markazning huquqlari yuqori turuvchi tashkilot orqali bevosita kelishiladi va tasdiqlanadi.
- Nodir, noyob va qo’lyozma nashrlarni ko’rgazmaga qo’yish, foydalanish va nusxa ko’paytirishda cheklovlar belgilash;
- Ushbu qoidaga asosan markaz moddiy boyliklari, jihoz, kitoblar va hakozolarga foydalanuvchilar tomonidan yetkazilgan zararlarni qoplash miqdorini belgilab qo’yish;
- Foydalanuvchilarga markaz fondidan berilgan hujjatlarni o’z vaqtida qaytarilishini nazorat qilish;
- Yuridik va jismoniy shaxslar bilan maqsadli shartnomalar tuzishda markaz fondidan foydalanish shartlarini belgilab olish.
