Kutubxona bilan taninish
Buxoro viloyati Qorako’l tumanida 1930-1935 yillarda choyxonalar mavjud bo’lib, choyxonada qizil burchak tashkil etilgan. Qizil burchakka kitob joylashtirilib kutubxona deb atalgan. 1937-1938 yillarda choyxonaning oldidan 2 ta xona ajratilib biri o’quv zali sifatida ikkinchisi kutubxona sifatida foydalanilgan. Birinchi ishchi xodimlar O’rmonova (ismi manbalarda saqlanmagan) Ardasherova Maryam O’sha paytda kutubxonadagi mavjud adabiyotlar 560 nusxani tashkil etgan. 1955-1964 yillarda Abdullayev Mamarajab Qurbonovich madaniyat bo’limi mudiri sifatida tayinlangan.
Jangulova ham ishchi bo’lib faoliyat boshlagan. Sekin- atsa kitob fondi ortgan sayin Zoya, Shura (familiyalar hozirgi kunda mavjud emas) faoliyat yuritgan. 1958-1961 yillarda 1682 tadan ortiq adabiyot bo’lib Abdullayeva Hojibuvi ham ish boshlagan. 1969 yilda Ne’matova Sarvar, Ochilova Xosiyat kutubxonachi bo’lgan.
1975 yildan Abdullayeva Sofiya kutubxonachi bo’lib ishlagan. Vaqt o’tib qishloq sovetlaridagi kolxozlarda kutubxonalar tashkil etilgan. Bu kutubxonalarga qishloq soveti mas’ul bo’lib oylik maoshi, kitob saqlash uchun xona, inventarlar bilan ta’minlagan. 1976 yilda o’sha davrning “rayon kutubxona”si tashkil bo’lib, unda hisobotlar olish yig’ish bo’yicha Akliyeva Norbuvish, Naila, Tanya kabi xodimlar ishlagan.
To’xtayev Toshpo’lat direktor bo’lgan 1978 yildan boshlab kutubxonalar “Rearganizatsiya” birlashtirilgan va MKT (markaziy kutubxonalar tizimi) tashkil topgan. Qorako’l tumanida 25 ta kutubxona bo’lib ularning hammasi 25148 nusxa fond bilan birlashtirilgan. 1978 yil 1 yanvardan Abdurahmonova Naila rahbar bo’lgan. Buxoro viloyati tomonidan kitob bilan ta’minlanib borilib har yili 2 tadan kutubxona tashkil qilib borilgan. 1985 yilda Arashova Mohitob opa direktor, 1993 yildan Ergashov Ro’zimboy direktor bo’lgan hamda 2006 yilga qadar jami 52 ta tarmoq kutubxonasi bo’lgan.
Undan tashqari 2 ta bolalar kutubxonasi 1 ta markaz hammasi 52 ta kutubxona tumanda mavjud bo’lgan. 2006 yil 20 iyundagi PQ-381-sonli “Respublika aholisini axborot kutubxona bilan ta’minlash va tashkil etish to’g’risida”gi qaroriga muvofiq tumandagi kasb hunar kollejlari tasarrufida ARM (axborot resurs markazi) 143763 nusxa fond bilan tashkil etilgan. 2006 yildan 2019 yilga qadar Ergashob Ro’zimboy ARM rahbari sifatida faoliyat yuritgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 – iyundagi PQ 4354 – sonli “Ozbekiston Respublikasi aholisiga axborot kutubxona xizmati ko’rsatishni yanada takomillashtirish to’g’risida”gi qaroriga asosan Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi qoshida 186 ta tuman(shahar) axborot kutubxona markazlari (TAKM) tashkil etildi. Qorako’l tumani axborot kutubxona markazi direktori etib Ro’zimboy Ergashov tayinlandi. AKM fondi 164562 nusxa fond bilan ish boshladi. Hozirgi kunda TAKMda 23 nafar ishchi xodimlar faoliyat olib boradi. Bugungi kunda 144 mingdan oshiq fondga ega va bu yangi adabiyotlar bilan shakllanib bormoqda.
