Qorako’l tuman Axborot-kutubxona markazining “Ilhom sarchashmalari” klubi a’zolari hamda faol kitobxonlar bilan birgalikda “Yoshlar bog’i”da milliylikni keng targ’ib qilish maqsadida “Xon atlas-milliy libosimiz” nomli kitob rasmli ko’rgazmasi oldida suhbat tashkil qilindi. AKM ga yangi kelgan adabiyotlar targ’iboti ham o’tkazildi. Klub a’zolari tomonidan milliylik, vatan, O’zbekiston haqida she’rlar o’qildi. Tadbir ochiq osmon ostida ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi.




