2026-yil 26-iyun kuni Qorako’l tuman Axborot-kutubxona markazida milliyligimizni keng targ’ib qilgan holda o’zbek tarixchisi, filolog, tarjomon, yozuvchi, dramaturg va shoir, zamonaviy o’zbek tili va dabiyoti asoschilaridan biri o’rta osiyo jadidlarining taniqli vakili, birinchi o’zbek professori Abdurauf Fitrat 140 yilligiga bag’ishlab “Fitrat – ozod fikr timsoli” nomli ko’rgazma oldida suhbat tashkil etildi. Suhbatni AKM xodimi G. Qobilova ochib berdi. N. Rahmonqulova o’z nutqida Fitratning jadidchilikka qo’shgan ulkan hissasi haqida o’quvchilarga so’zlab berdi. Tadbir davomida “Bilimingizni – oshiring, sinab ko’ring va ulashing” nomli loyiha tanishtirib o’tildi. #mutolaa_qilib_sizga_ham_tavsiya_qilamiz heshtegi ostida kitobxonlar o’qigan kitoblari haqida parcha yozib tengdoshlariga tavsiya qilishdi.






