Qorako’l tuman Axborot-kutubxona markazida navbatdagi ma’rifat soati 2026-yil 7-iyul kuni “O’zbekiston umumiy uyimiz” mavzusida bo’lib o’tdi. Ma’ruza matnini AKM mutaxassisi G. Azimova o’qib eshittirdi.
Mavzu yuzasidan Sh. Jo’rayeva so’zga chiqib, millatparvarlik-insoniyat taraqqiyotida millatlarning o’rni va ahamiyatini to’g’ri tushunish, Yer yuzining har bir burchagida mavjud millatlarni tili, turmush tarzi, irqi, tashqi qiyofasi, urf-odatlari, dini, madaniyatining o’ziga xos tomonlaridan qat’i nazar, hurmat qilish, ularning ozodligi, tengligi, gullab-yashnashi uchun shart-sharoitlar yaratib berish tarafdori bo’lish haqida gapirib o’tdi.



