Qorako’l tuman Axborot-kutubxona markazida 2026-yil 16-aprel kuni “Kitobsevar millat” shiori ostida VI Respublika kitobxonlik haftaligi doirasida 18-o’rta maktab bilan hamkorlikda qorako’llik iste’dodli san’atkor, bastakor O’zbekiston xalq ta’limi a’lochisi Ergash Gadoyevning “Ko’ngildan kechgan gaplar” nomli she’rlar to’plamidan kitob taqdimoti bo’lib o’tdi. Tadbirni AKM xodimi S. Qurbonova ochib berdi. AKM ning faol kitobxoni S. Avezov hamda B. Rajabov kitob yuzasidan fikrlarini aytib o’tdilar. “Ilhom sarchashmalari” klubi a’zolari tomonidan she’rlaridan parchlar o’qib eshittirildi. Tadbir davomida “Tumanimiz qalamkashlari” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil qilindi.







