Qorako’l tuman Axborot-kutubxona markazida navbatdagi ma’rifat soati 2026-yilning 28-iyul sanasida “Imom al-Buxoriy – hadis ilmining sultoni” mavzusida bo’lib o’tdi. Ma’rifat soatini AKM direktori R. Ergashov ochib berdi. Ma’ruza matnini M. Razzoqova o’qib eshittirdi.
Ona Vatanimiz o’zining ilmu tafakkuri, qoldirgan boy adabiy va ilmiy merosi bilan jahon tamadduniga beqiyos hissa qo’shgan ulug’ allomalari bilan ma’lumu mashhurdir. Ular haqida so’z ketganda, butun hayoti va faoliyatini Islom dini ravnaqi hamda rivojiga bag’ishlagan bobomiz Imom al Buxoriyni birinchilardan bo’lib hurmat-ehtirom ila yodga olamiz.




