Qorako’l tuman Axborot-kutubxona markazida “Kitobsevar millat shiori ostida VI Respublika kitobxonlik haftaligi doirasida 2026-yil 17-aprel kuni kitobxon ona kitobxon bola g’oyasini keng targ’ib qilgan holda O’tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasi asosida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Qozon MFY, Paxtakor MFY, Tashabbus MFY oilalari taklif etildi. Tadbirni AKM xodimi M. Razzoqova olib bordi. Tadbir so’ngida haftalik davomida faol ishtirok etgan kitobxonlarga AKM tomonidan faxriy yorliqlar va kitob esdalik sovg’alari topshirildi.






