#kuchma_kutubxona_faoliyati Qorako’l tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Moviy jomadon” loyihasi asosida tumandagi “Karakul international school” nodavlat maktabida tashkil qilingan ko’chma kutubxona shartnomasi yangilandi hamda yangi adabiyotlar bilan boyitildi. Ko‘chma kutubxona xodimlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qilmoqda.
Ko‘chma kutubxona faoliyati samaradorligini yanada oshirish maqsadida kitob almashinuvi tizimi yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, xodimlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari izchil amalga oshirilmoqda. AKMga yangi kelgan o’zbek va jahon adabiyotining eng sara namunalari bo’lgan 67 nusxadagi kitoblar bilan ta’minlandi. “Kitob ma’naviyat sarchashmasi” nomli kitob ko’rgazmasi yangilandi. Ko‘chma kutubxona orqali kitoblarni aholiga yanada yaqinlashtirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.



