Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qorako’l tuman bo’linmasi Qorako’l tuman Axborot-kutubxona markazi tashabbusi bilan “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida “Bir zaminning bir davrdagi Ma’rifatparvar ziyolilar bilan uchrashuv” mavzusida tumanidagi 1-umumta’lim maktabida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Ushbu tadbirga shu maktabda o’qib hozirgi kunda yurtimiz ravnaqi uchun xizmat qilib yurgan olim professor ziyolilar Jamila Shermuhammedova va G’aniyev Akbarlar taklif etildi. Tadbirda ushbu ustozlar hayot yo’li, ilm-fandagi yutuqlari, vatanparvarlik tinchligimiz qadri naqadar muhim ekanini ta’kidlab o’tishdi. Ushbu tinch osuda hayotga shukronalik ilmli bo’lish, kitobxonlikni oshirish Yangi O’zbekistonimizning porloq kelajagini ilmli yoshlar bilan qurish kabi fikrlar bildirildi. Tadbir jarayonida o’quvchilar tomonidan qiziqarli savollarga javob oldilar. “Kitob va kitobxonlik inson ma’naviyatining ko’zgusi” nomli kitob ko’rgazmasi chiqarildi.








