Qorako’l tuman Axborot-kutubxona markazida 2026-yil 11-avgust kuni navbatdagi ma’rifat soati “Qatag‘on qurbonlari — istiqlol fidoyilari” mavzusida bo’lib o’tdi. Ma’ruza matnini AKM mutaxassisi D. Xayrullayeva o’qib eshittirdi.
Tarixiy haqiqatni qaror toptirish, ona Vatanimiz ozodligi va erkinligi yo‘lida qurbon bo‘lgan xalqimizning suyukli farzandlari nomini tiklash, ularning hayoti va faoliyatini o‘rganish hamda tadqiq etish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri sanaladi. Zero, milliy mustaqillikni mustahkamlash, mamlakatimiz rivoji va uning taraqqiyotiga munosib hissa qo‘sha oladigan avlodni tarbiyalashda ularning ibratli hayoti va ma’naviy merosining o‘rni beqiyosdir.




