Qorako’l tuman Axborot-kutubxona markazida navbatdagi ma’rifat soati 2026-yil 25-avgust kuni “Mustaqillik-baxtim saodatim” mavzusida bo’lib o’tdi. Ma’ruza matnini AKM mutaxassisi M. Ergashova o’qib eshittirdi.
Mustaqilligimiz 1991-yil 31-avgust kuni qabul qilingan. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston iqtisodiyoti, ta’lim tizimi, madaniyat va sport, sog‘liqni saqlash hamda boshqa ko‘plab sohalarda ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Milliy qadriyatlar, o‘zbek xalqining boy tarixi va madaniyatini tiklash, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha muhim ishlar amalga oshirildi. Har yili 1-sentabr bayram tadbirlari mamlakatimizning barcha hududlarida katta tantanalar bilan nishonlanadi. Bayram arafasida turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar, ko‘rgazmalar, sport musobaqalari tashkil etiladi. Shahar va qishloqlarda ko‘chalarga bayramona bezaklar beriladi, odamlar orasida bayramona kayfiyat hukm suradi.




