#jarayon Ayni vaqtda Buxoroning so’nggi amiri Amir Olimxonning Ostona ismli farzandining nevarasi, Qorako’llik shifokor, “Ajdodlar ruhi” kitobi muallifi Dilfuza Ostonayeva kutubxonamizga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida Nuruddin Xotuno’glining Buxoroning so’nggi amiri: Olimxon (Afg’onistonda yigirma uch yil) nomli kitobi bilan tanishib chiqdilar va ushbu kitob haqida kutubxonachilarimiz bilan fikr almashmoqdalar. Ma’lumot o’rnida D. Ostonayeva kutubxonamizning faol kitobxonlaridan biri bo’lib, u kishi bilan bir qancha ijodiy uchrashuvlar tashkil qilinib kelinmoqda.



