“Uch avlod uchrashuvi”
“Uch avlod uchrashuvi”

“Uch avlod uchrashuvi”

#mustaqillik_35 #uch_avlod_uchrashuvi O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik shodiyonasi oldidan yurtimizda ezgu an’ana va qadriyatlarni yanada mustahkamlash, mahallalarda nuroniylarning faolligini oshirish, ularning boy hayotiy tajribasidan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda Romitan tumanidagi faol nuroniylardan iborat guruh bayram arafasida Qorako‘l tumaniga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Romitan tumanidan kelgan faol nuroniylar Qorako‘l tumanidagi “Yoshlar” istirohat bog‘ida bo‘lib, bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar hamda ma’naviy-ma’rifiy maskanlar bilan yaqindan tanishdilar. Tadbir davomida Qorako’l tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Kitob ma’naviyat sarchashmasi” adabiyotlarning ochiq ko’rgazmasi tashkil etildi. “Yoshlar” istirohat bog‘idagi uchrashuv Romitanlik nuroniylar tashrifining eng samimiy va mazmunli manzillaridan biriga aylandi. Bu yerda tarix va bugun, nuroniylar va yoshlar, tajriba va shijoat bir davrada mujassam bo‘ldi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *