Qorako’l tuman Axborot-kutubxona markazi 18-maktab boshlang’ich sinf o’qituvchisi Yaxshiyeva Dilbar hamda maktab kutubxonachilari bilan hamkorlikda 2026-yil 23-aprel kuni “Kitob mening do’stimsan” nomli badiiy-musiqali kecha tashkil qilindi. Kechani maktab direktori S. Shermuhammedova ochib berdi. U o’z nutqida kitobxonlik, uning afzalliklari haqida gapirib o’tdi. Tadbirda o’quvchilar tomonidan sahna ko’rinishlari, she’rlar, kuy va raqslar ijro etildi. AKM xodimlari tomonidan “Kitob o’qishdan to’xtash fikrlashdan to’xtashdir” nomli kitob ko’rgazmasi chiqarildi.






