Qorako’l tuman Axborot-kutubxona markazi fondi yana bir qimmatli kitob bilan boyidi. Qorako’llik olim, tarixchi Sa’dulla G’aybullayev hamda Rustam Abdullayevning “Oqardiku qoshlarimning qarosi” nomli kitobi muallif tomonidan taqdim etildi. AKM direktori R. Ergashov kitobni olar ekan ushbu kitob kelajak avlod uchun o’z hududining tarixini bilishda katta yordam bo’lishini ta’kidladi. Kitob tarixchilarga, etnograf va geograflarga, yurtimiz madaniyati va tarixi bilan qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo’ljallangan. Yozuvchi Sa’dulla G’aybullayevning o’z qalamiga mansub “Shevamizda bir so’z bor” nomli kitobini ham tilshunoslik, shevashunoslik masalalariga qiziquvchilar va barcha kitobxonlarga o’qishni tavsiya qilamiz.


