Kutubxonada tozalik kuni.
2026-yil 28-avgust kuni Qorako’l tuman axborot-kutubxona markazida tozalik kuni bo’lib o’tmoqda. Bino fasadini obodonlashtirish va tozalik ishlari nafaqat uning tashqi ko’rinishini chiroyli qiladi, balki tashkilotning madaniyati, tartib-intizomi va mas’uliyatini ham namoyon etadi. Ozoda va saranjom fasad tashrif buyuruvchilarda iliq taassurot uyg’otadi, atrof-muhitning yanada fayzli bo’lishiga xizmat qiladi. Shuning uchun har birimiz bino fasadini va xonalarini toza saqlash, uni asrab-avaylash va obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etishimiz zarur. Tozalik – go’zallik garovi, obod maskan esa barchamizning faxrimizdir.









