“Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va hududiy axborot-kutubxona markazlarida iyun-avgust oylari payshanba – “Yoshlar kuni” doirasida rahbarlar tomonidan o‘tkaziladigan tadbir va loyihalar reja-grafigi” ga asosan 2026-yil 6-avgust “Innovatsiyalar, sun’iy intellekt va robototexnika kuni” munosabati bilan Qorako’l tuman Axborot-kutubxona markazining 35 yoshgacha bo’lgan xodimlari uchun ChatGPT, Gemini kabi sun’iy intellekt vositalaridan samarali foydalanib, tahliliy hisobotlar va taqdimotlar tayyorlash bo’yicha amaliy master-klasslar o‘tkazish uchun tumandagi UZTELECOM qoshidagi IT-centerda bo’lishdi. Ularga zamonaviy kompyuter dasturlarini ish jarayonida qo’llash hamda samarali foydalanish yo’llari haqida markaz o’qituvchisi Egamberdiyev Shaxboz seminar trening o’tkazdi.




